Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 2017-yil 14-iyul kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Kompleks” tadbiri davomida, Farg‘ona tumanida o‘z uyida qo‘shmachilik qilgan ayol aniqlandi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Farg‘ona tumanida yashovchi Nozila Karimova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) o‘z xonadonida N.Normatov va G.Qodirovalar jinsiy aloqa qilishlari uchun 10 ming so‘m evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
IIB tomonidan 2017-yil 19-iyul kuni Nozila Karimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)