Saudiya Arabistoni politsiyasi qirollik oilasi a’zosi, shahzoda Saud bin Abdulaziz bin Musaidni hibsga oldi. Uning ishtirokidagi shovshuvli rolikning internetda tarqalib ketishi bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Internetda paydo bo‘lgan videoda shahzoda odamlarni haqorat qilishi va ularga tashlanishi aks etgan.
Shahzoda bilan birgalikda uning bir necha do‘sti ham ushlangan. Ularning barchasi voqea ishtirokchilari so‘roq qilinguniga qadar hibsda tutib turiladi.
Izoh (0)