Kiyevning “Dinamo” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Aziz G‘aniyevni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani haqida qishki mavsumda xabarlar chiqqandi.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning “Championat.asia” nashriga intervyu berishicha, Ukraina klubi G‘aniyevni olib ketish fikridan hali ham qaytmagan. Oradan yarim yil o‘tgan bo‘lsa-da, “Dinamo” Qarshi klubi bilan bog‘lanib turadi.
Biroq “Nasaf” Aziz G‘aniyevni qo‘yib yubormoqchi emas.
To‘g‘risini aytsam, kuni kecha ham Aziz G‘aniyev masalasida Kiyevdan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular futbolchimizga qiziqib, uni qo‘yib yuborishimizni so‘rashmoqda. Lekin hozircha bu mavzu biz uchun yopiq. Chunki 2-davra o‘yinlari yaqinlashib qoldi va G‘aniyev o‘zimizga ham kerak.Bunda “Dinamo” Qarshi jamoasini qanoatlantiradigan taklif bildirmayotgan bo‘lishi ham katta ehtimol. Bungacha Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi ham Aziz G‘aniyevga qiziqib qolgandi.Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi
Bu holat futbolchini O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv olishiga ham sabab bo‘ldi. Mazkur hafta Aziz G‘aniyev murabbiy Ravshan Haydarov boshqaruvida Osiyo chempionatining saralash raundida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va uch o‘yinda 1 ta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)