Xovos tuman IIBga “Istiqlol” MFY, Islomobod ko‘chasida yashovchi Diyora Kenjayeva murojaat qilib, uyidagi ayvonning poli ostiga yashiringan 9 555 000 so‘m va 1 200 AQSh dollari o‘g‘rilanganini bildirdi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tuman IIB xodimlari tomonidan mazkur jinoyatni fosh etish uchun tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.
Surishtiruvlar natijasida mazkur o‘g‘rilikka arizachining birga yashovchi kelini Dilbar Kenjayeva qo‘l urganligi aniqlandi. Daliliy ashyolar ham olindi.
Izoh (0)