Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi 2018-yilning yanvarida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Jamoa saralashda yuz foizlik natija qayd etib, har uch o‘yinda ham 2 tadan gol farqi bilan zafar quchdi: Livan 3:1, Nepal 2:0, BAA 2:0. Amirlik termasiga qarshi bellashuvdan keyin bosh murabbiy Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Havo juda issiq bo‘lishiga qaramay, shogirdlarim xarakter ko‘rsatdi. Biz o‘ylangan taktika evaziga zafar quchdik.Mezbonlar ustozi esa shogirdlari bitta jamoaga aylanganiga bor-yo‘g‘i 37 kun to‘lganini ta’kidladi.Bugun kuch jihatdan bir-biriga yaqin jamoalar kurash olib bordi. Himoyada xatoga yo‘l qo‘ymaganimiz sababli gol o‘tkazmadik. O‘yinning boshidan to oxiriga qadar nazoratni o‘z qo‘limizda ushlab turdik. Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Endi bu g‘alabani o‘z muxlislarimiz bilan nishonlaymiz.
O‘yindan oldin g‘alabaga bo‘lgan ishonchimiz yuqori edi. Durang haqida umuman o‘ylamayotgandik ham. Birinchi taymda hujumkor futbol namoyish eta olmaganimiz uchun, ikkinchisida nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik. Ammo raqib bizga qaraganda yaxshi o‘ynadi va bizga o‘zimizni ko‘rsatish imkonini bermadi.O‘zbekistonlik futbolchilar jismoniy va taktik tomondan kuchli ko‘rindi. Ularning murabbiyi turnirgacha 20 ga yaqin o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgani va ikki yildan buyon jamoa shakllanayotgani haqida aytdi. Lekin bizning jamoa yig‘ilganiga endi 37 kun to‘ldi. Bu o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Men buni mag‘lubiyatga bahona sifatida ko‘rsatmoqchi emasman, albatta.
Izoh (0)