Rossiyaning NTV telekanali “Pora v otpusk” dasturi ijodiy guruhi O‘zbekistonda ijodiy safarda bo‘lib turibdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Guruh Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’sul xodimlari hamrohligida O‘zbekiston bo‘ylab safarga chiqmoqda. Ular 22-24 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘ladi.
Telekanal Orol dengizi va Mo‘ynoq tumanida diqqatga sazovor joylar, hududning o‘ziga xos landshafti, o‘simlik va hayvonotlar dunyosini tasvirga olishni rejalashtirishgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan ko‘ngilochar dasturlar, konsertlar, milliy urf-odatlar aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi.
Izoh (0)