Respublika huquq-tartibot idoralari rahbarlari Namangan viloyatida xalq bilan muloqot va sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Bosh prokurori I.Abdullayev, Bosh prokuratura boshqarma boshliqlari Sh.Mustafoyev va M.Boboyev Chust hamda Norin tumanlarida bo‘ldi. Oliy sud raisi K.Komilov, sudyalar X.Egamberdiyev, M.Ergashev Pop tumanida —Chodakdagi kon-metallurgiya kolleji, G‘urumsaroy qishloq xo‘jaligi kolleji, Nayman aholi dam olish markazida fuqarolarni qabul qildi.
Ichki ishlar vaziri A.Azizov tegishli tizim rahbarlari bilan Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Adliya vaziri M.Ikramov, vazirlik boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari N.Muhammadiyev, A.Madaminov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev Uychi hamda Uchqo‘rg‘on tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy, qo‘mita boshqarma boshlig‘i B.Sharipov, viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Hojimatov Namangan shahri, Pop, Chust va Namangan tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning bojxona tizimiga taalluqli murojaatlarini tingladi.
Respublika Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, qo‘mitaning boshqarma boshliqlari M.Mahkamov, T.Toshtemirov Namangan shahri, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chust tumanlarida fuqarolarning murojaatlarini tinglab, ularning ko‘plab savollariga batafsil javob berdi.
Izoh (0)