Kuvayt rasmiylari Eron elchisiga mamlakatni tark etishga 48 kun vaqt berdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgari Kuvayt hukumati Eron madaniy missiyasining mamlakatdagi faoliyatiga chek qo‘yishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi. Vazirlik bu haqda Eron elchisiga axborot berib, diplomatlar sonini qisqartirishni talab qildi.
Endi esa elchi Alirizo Inoyatiy ham mamlakatni salkam 50 kun ichida tark etishi talab etilmoqda.
Izoh (0)