Turkiya hukumati Germaniya rasmiylariga terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda gumonlanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatda Daimler va BASF singari gigantlar bor, deb xabar beradi “TASS”.
Ro‘yxat bir necha hafta muqaddam jinoiy ishlar bo‘yicha federal idoraga taqdim etildi. Unda 68 jismoniy va yuridik shaxs tilga olinadi.
Turkiya tomonining fikricha, bu shaxslar va kompaniyalar muxolif siyosatchi Fatxulloh Gulen harakatini qo‘llab-quvvatlaydi yoki boshqa turdagi aloqalarga ega.
Qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalarga qarshi huquqiy va boshqa choralar ko‘rilishi mumkin.
Germaniya rasmiylari ushbu ro‘yxatni “absurd” va “kulgili” deb baholadi. Germaniya tomoni Turkiyadan ro‘yxat bo‘yicha qo‘shimcha axborot so‘ramoqda.
Izoh (0)