Iroqning Mosul shahri uchun kurashlarda 40 ming tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashriga bergan intervyusida Iroq iqtisodiyot va tashqi ishlar vaziri Xushiar Zebariy bayonot berdi.
Uning kurd razvedkasi ma’lumotlariga tayanib bildirishicha, Iroq armiyasining yer usti operatsiyasi chog‘ida yalpi o‘qqa tutishi, shuningdek, AQSH boshchiligidagi harbiy koalitsiya aviazarbalari oqibatida o‘n minglab tinch fuqaro halok bo‘lgan.
Zebariyning so‘zlariga qaraganda, hukumat kuchlari artilleriyadan o‘qqa tutishi eng katta qurbonlarga olib kelgan.
Izoh (0)