19-iyul kuni Islom madaniyati rivojiga hissa qo‘shgan Abu Iso Termiziy nomi bilan ataluvchi, Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “Imom Termiziy” jome masjidiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portalida ma’lum qilindi.
Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi ulamolar, masjid qavmi va mahalla faollari ishtirok etdi.
Muftiy qurilayotgan masjid qiyomatgacha xizmat qilishini niyat qilib, birinchi g‘ishtni qo‘yib berdi. Shuningdek, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydi.
Izoh (0)