Afg‘oniston poytaxtining markaziy qismidagi Sarobiy tumanida yuz bergan toshqin oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimi Muhammad Fahim Musozay ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Musozayga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli 7 kishi jarohat oldi. 6 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Toshqinga shiddatli yomg‘irlar sabab bo‘ldi. Ofat oqibatida uylar shikastlandi va ekinlar nobud bo‘ldi.
Izoh (0)