Turkiyada avtobus ishtirokida yirik YTH ro‘y berdi. Avtobusda bolalar ansambli vakillari bo‘lib, ular Gruziyadan Bolgariyaga ketayotgan edi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Giresun viloyatida ro‘y bergan YTHda 38 kishi jarohat oldi.
Aytilishicha, avtobusning shinasi yorilib ketgan, buning natijasida u yo‘ldan chiqib ketib, ustunga urilgan.
Jarohat olganlarning katta qismini bolalar tashkil etadi. Ular turli shifoxonalarga yotqizildi.
Izoh (0)