Turkiya poytaxti Anqara shahrida 2016-yil 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi yuz bergan davlat to‘ntarishi bartaraf etilganiga bir yil bo‘lishi munosabati bilan mamlakat prezidenti omma oldida chiqish qildi. Bir yil avval, ya’ni 2016-yil 16-iyul soat 02:30 da Turkiya Buyuk millat majlisi, ya'ni parlamenti binosi isyonchilar tomonidan bombardimon qilingan edi. Shu munosabat bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘z chiqishini aynan shu vaqtda, ya’ni 16-iyul soat 02:30 da parlament hovlisida qildi. “Daryo” prezidentning chiqishidan fotolavhalar taqdim etadi.
Mavzuga doir:Turkiyada yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishning bir yilligi Istanbul shahrida (foto)
To‘rt barmoq Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan doimo takrorlanadigan "Bir millat, Bir bayroq, Bir Vatan, Bir davlat" shiorini anglatadi. Turkiya xalqi bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishidan so‘ng bu shior ostida yanada qattiqroq jipslashdi.
Izoh (0)