Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yong‘in Chanshu uyezdining Yuyshan shahridagi ikki qavatli uyda ro‘y berdi. U yerda 20 dan ortiq kishi istiqomat qilganligi ma’lum.
Hodisa 16-iyul, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 4:32 da sodir bo‘ldi. Voqea joyida tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)