Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ommaviy tartibsizliklar fonida milliy politsiya xodimlarining maoshini 80 foizga ko‘tardi. Bu haqda El Nacional’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Buning uchun mamlakat budjetidan 178 milliard bolivar (17,8 milliard dollar atrofida) mablag‘ yo‘naltiriladi. Yana 4,4 milliard bolivar Ansoategi, Tachira va Lara shtatlarida politsiya boshqarmalarini qurishga ishlatiladi.
Bundan tashari munitsipalitet va shtatlardagi oddiy politsiyachilarning ham maoshi ko‘tariladi.
Izoh (0)