Federal okrug sudyasi Derrik Uotson Trampning immigratsion farmoni doirasiga tushgan olti musulmon davlati fuqarolariga AQShga kirish imkoniyatini beradigan qarindoshlik aloqalari ko‘lamini kengaytirishga qaror qildi.
Sudyaning fikricha, hujjatda yaqin qarindosh tushunchasi juda tor ta’riflangan.
“Mantiq shundan dalolat beradiki, buvilar va buvalar yaqin qarindoshlardir. Aslida bular oilaning eng yaqin va eng muhim a’zolaridir”, — tushuntirdi o‘z pozitsiyasini sudya.
Sud qaroriga ko‘ra, AQShda istiqomat qiluvchi shaxslarning buvilari, buvalari, amakivachchalari va boshqa yaqin qarindoshlari mamlakatga kirish imkoniyatigi ega bo‘lishi kerak.
Izoh (0)