AQSh prezidentining IShID terrorchi guruhiga qarshi kurashda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgurk mamlakatda tashkilotning chet ellik jangarilari reyestri shakllantirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz o‘zimizga ma’lum bo‘lgan chet ellik jangarilarning global ma’lumotlar bazasini tuzmoqdamiz. Hozir u yerda 18 ming ism bor”, — dedi u IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya vakillarining yig‘ilishida qilgan chiqishida.
Makgurk bazani shakllantirishda koalitsiyaning hamkori — Interpol yordam berayotganini aytib o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)