Kaliforniyaning La-Vern politsiyasi plastik idishga boshi tiqilib qolgan ayiq bolasining roligini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar berdi TJournal.
Mahalliy aholi hayvonning bu ahvolini ko‘rib qolgan va huquq-tartibot organlari hamda tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlarini yordamga chaqirgan.
Politsiyachi ayiqchani ushlab turgan, qo‘riqlash xizmati xodimi esa uning boshidan idishni yechib olgan. “Ayiqchaga hech qanday shikast yetmagan, u ozodlikka erishgach yovvoyi tabiatga qaytib ketdi”, — deyiladi politsiya bo‘limining e’lonida.
Izoh (0)