Avstriyada davom etayotgan futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalga yo‘llanma olgandi.
Final ostonasida o‘zbekistonlik shifokorlarga Chexiya raqib bo‘ldi. Chorak finalda Vengriya bilan duch kelgan chex doktorlari asosiy vaqtni 0:0 hisobida yakunladi va penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchib, final ostonasiga yetib keldi.
Yarim finalning ikkinchi o‘yinida Kolumbiya va Shvetsiya termalari o‘zaro saf tortadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston guruh bosqichida mezbon Avstriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, AQShni 4:1, Braziliyani 2:0 hisobida taslim qildi. Chorak finalda esa Buyuk Britaniya termasi mag‘lub etildi — 1:0.
Izoh (0)