Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstriya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Morell Cup turnirida O‘zbekiston shifokorlar terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi.

Braziliya, Avstriya, AQSh kabi termalar joy olgan “A” guruhini peshqadam sifatida yakunlagan o‘zbekistonlik shifokorlar, chorak finalda Buyuk Britaniyaga qarshi saf tortdi. Bellashuvning 25-daqiqasida Toshkent oilaviy shifoxonasi (Tashkent City Family Clinic) otolaringologi Nasriddin Hasanov urgan yagona gol jamoani yarim finalga olib chiqdi.

Britaniyaliklar guruh bosqichida Rossiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan, Avstraliya (3:0) va Argentina (2:0) termalarini mag‘lub etgandi. Bunda ular o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.

Chorak finalning qolgan o‘yinlari bugun kechgacha bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng O‘zbekiston shifokorlarining final ostonasidagi raqibi aniq bo‘ladi.

Morell Cup Chorak final 13-iyul, payshanba

O‘zbekiston — Buyuk Britaniya 1:0

Gol: Nasriddin Hasanov, 25 (1:0).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi