12-iyul, chorshanba kuni Antarktidadan ulkan aysberg sinib tushdi, u bir necha o‘n yillar “umr kechirishi” mumkin. Bunday fikrni Suonsi universiteti professori, MIDAS Antarktida loyihasi rahbari Edrian Lakmen bildirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Bu aysberg — tarixdagi eng yiriklaridan biri, uning kelajagini oldindan aytish qiyin. U bitta bo‘lak ko‘rinishida qolaverishi mumkin, ammo uning parchalanib ketishi ehtimoli ko‘proq. Muzning bir qismi bu hududda bir necha o‘n yilliklar davomida qolishi, qolgan qismlari shimolga, iliqroq suvlarga oqib ketishi mumkin”, — dedi professor.
Olimlar Larsen S muzligidan 2011-yildayoq sinib tushishni boshlagan aysberg harakatini kuzatishni rejalashtirmoqda.
Muz bo‘lagining qalinligi taxminan 200 metr, og‘irligi esa bir trillion tonnaga teng.
Izoh (0)