12-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zMUda boshqa abituriyentlarning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan “ziyoli snayperlar” qo‘lga tushdi. Ularni qo‘lga tushirgan “aqlli texnologiya” 1-avgust kuni O‘zMUning barcha fakultetlarida ishlaydi.
2. Fathulloh Gulen Turkiyaga ekstraditsiya qilinishga rozi bo‘ldi. “Agarda AQSh meni topshirishni to‘g‘ri deb bilsa, men Turkiyaga boraman”, — dedi Gulen.
3. Raddiya: Toshkentda kollej va litseylar yopilayotgani yo‘q. Avvalroq O‘zbekiston poytaxtida 26 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey yopilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
4. Chirchiqda mikroavtobus BTR bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida ikki bola halok bo‘lgani aytilmoqda.
5. Bokschi Profsor Rorimsha “Ummon” guruhining qo‘shig‘ini kuyladi. Otasi amerikalik, onasi o‘zbekistonlik bo‘lgan bokschi Profsor Rorimsha haqida qisqacha.
Izoh (0)