Joriy yil Shumanaydagi “Birleshik” OFY hududiga 9,3 kilometr ichimlik suvi quvuri tortildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga tayanib, “KRuz.uz” xabar berdi.
Bu ishlar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bo‘limi tomonidan ajratilgan 502 million so‘m miqdoridagi mablag‘i hisobidan amalga oshirilgan.
Natijada OFY hududidagi “Abat-jap”, “Birleshik”, “Qarateren”, “Bag‘ovul”, “Dadekovul”, “Gellasqan”, “Baymaqli”, “Sultashovul” elat punktlari toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishdi.
Izoh (0)