Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Konor MakGregor o‘zini ancha quvnoq tomondan ko‘rsatdi va Floyd Meyvezerni yengishi uchun 4 ta raund kifoya ekaniga shama qildi.
Kimningdir ko‘rsatkichlaridan “0” sonini yo‘qotish vaqti keldi. U tamom bo‘ldi. So‘zlarimni eslab qoling, men uni to‘rt raunddayoq nokaut qilaman.Konor MakGregor, UFC chempioni
Keyinroq so‘z olgan Floyd Meyvezer raqibidan qanchalik ustun ekanini bir necha soniyalik so‘zlari bilan isbotlamoqchi bo‘ldi.
100 millionlik jangchi qanday ahvolda qolishini ko‘rsatishga ijozat bering. Umuman olganda menda 100 million bor (shunday deb u sumkasidan chek chiqardi). U esa bunday summalarni tushida ham ko‘rmagan.Men hech kimning oldida tiz cho‘kmayman. Kim shuni istasa, navbatda qo‘ying, men ularni taslim qilaman. 26-avgust kuni men mana bu jin urgurni ham nokaut qilaman.
Floyd Meyvezer, boks chempioni
Floyd Meyvezer va Konor MakGregor o‘rtasidagi jang 26-avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)