Anqara tomonidan 2016-yilda Turkiyada muvaffaqiyatsiz yakunlangan davlat to‘ntarishini tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen o‘zining AQShni tark etishi va Kanadaga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar berdi “Vesti Kavkaza”.
U bu kabi xabarlarni mish-mish deya atadi. “Agarda AQSh meni topshirishni to‘g‘ri deb bilsa, men Turkiyaga boraman”, — dedi Gulen Reuters agentligi bilan intervyuda.
Bundan tashqari Gulen Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning siyosatini tanqid qildi. U AQSh hukumati va Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar rahbarlarini Turkiyaga siyosiy erkinlikni qaytarishda yordam berishga chaqirdi.
Izoh (0)