Air Canada aviakompaniyasining Torontodan uchgan samolyoti San-Fransisko aeroportining qo‘nish maydoni emas, o‘sha paytda 4 ta havo kemasi turgan harakatlanish maydoniga qo‘nishiga bir bahya qoldi. Bu haqda CBC News telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Kanada samolyoti ekipajiga yana yuqoriga ko‘tarilishga ko‘rsatma bergan dispetcher tufayli to‘qnashuvlarning oldi olindi. Layner ikkinchi doiraga uchib ketdi va birozdan so‘ng ko‘zda tutilgan joyda qo‘ndi.
Aeroport xodimlari va Air Canada vakillari hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.
Izoh (0)