Turkiya arab davlatlari tomonidan diplomatik iskanjaga olingan Qatarga 20 million dollarlik tovarlar yuklangan 200 ta yuk samolyot yo‘lladi. Bu haqda Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bayonot berdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Turkiya Qatarga yordam ko‘rsatmayapti, u puli to‘lab bo‘lingan tovarlarni eksport qilmoqda. Biz balki tovar yetkazish bo‘yicha eng yirik operatsiyani amalga oshirgandirmiz — 200 ta yuk samolyoti yo‘llandi”, — dedi Zeybekchi Eronga tashrifi doirasidagi chiqishida.
Uning so‘zlariga qaraganda, yetkazilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 20 million dollarga teng.
“Qatar — terrorchi davlat emas”, — qo‘shimcha qildi Zeybekchi.
Izoh (0)