Suriya hukumat qo‘shinlari hamda ularga ittifoqdosh guruhlar Suriya cho‘lini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha “al-Fajr al-Kubro” operatsiyasini boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Operatsiya Damashq viloyatining sharqida, as-Sin aeroporti yo‘lidan janubda olib borilmoqda.
Operatsiyaning dastlabki bosqichida armiya IShIDni Damashq sharqidagi qator strategik tepaliklardan siqib chiqara oldi. Ayni paytda to‘qnashuvlar davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.