Rossiyaning “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonuniga “Ukraina fuqaroligidan oshkora voz kechish” degan band kiritiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Davlat Dumasining qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Pavel Krashenninikovga ko‘ra, Ukraina fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bunday hujjatsiz Rossiya pasportini olib bo‘lmaydi.
Duma deputati Natalya Poklonskayaning aniqlik kiritishicha, Ukraina fuqaroligidan chiqish haqidagi arizaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi “oshkora voz kechish” hisoblanadi.
Shuningdek, qonun loyihasiga chet elliklar tomonidan Rossiya pasportini olish chog‘ida qasamyod keltirilishiga ham aniqlik kiritiladi. Hujjat pasport qasamyoddan avval yoki keyin taqdim etilishini izohlab beradi.
Izoh (0)