Moskvaning shimoliy qismida joylashgan Leningrad shoh ko‘chasida bir ayol noma’lum sabablarga ko‘ra, alkogol mahsuloti iste’mol qilayotgan vaqtda yonib ketishi oqibatida kuchli kuyish asoratlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda “Moskva” agentligi Moskva politsiyasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “MK.ru”.
Politsiyaning ta’kidlashicha, fojiaga guvoh bo‘lganlarning so‘zalari bir-biridan keskin farq qilmoqda. Guvohlardan biri ayol sigaret chekishga harakat qilgani va shu vaqtda sochi yonib ketganini ta’kidladi. Ayolning tanishlari olovni o‘chirishga harakat qilganiga qaramasdan u og‘ir kuyish bilan jarohatlangan.
Izoh (0)