AQSh prezidenti Donald Tramp uning qizi Ivanka G20 muzokaralarida ishtirok etishi standart jarayon ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq internetda muzokaralar suratlari paydo bo‘lgan edi. Ularda Ivanka Tramp otasining o‘rnida o‘tirgani aks etgan edi. Bu holat jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Fotoda Ivanka Tramp XXR raisi Si Szinpin, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tirgani aks etgan.
“Muzokaralar xonasini Yaponiya va boshqa mamlakat rahbarlari bilan qisqa uchrashuvlar uchun tark etganimda Ivankadan o‘rnimga egallashini so‘radim. Bu juda odatiy amaliyot. Angela (Merkel) buni tasdiqlaydi”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)