Gruziya mudofaa vazirligi Rossiyaning Kalashnikov avtomatlaridan voz kechib, uning o‘rniga AQShning M4 vintovkalaridan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Gap sovet o‘qotar qurollarini bosqichma-bosqich AQSh qurollariga almashtirish haqida ketmoqda. Xususan, AQShning M240 pulemyotlari va M4 avtomatik vintovklarini sotib olish rejalashtirilmoqda. Ular NATO mamlakatlari armiyalari qurollanishida ishlatiladi”, — deyiladi mamlakat harbiy idorasi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, Tbilisi AQSh tomonidan har yillik mudofaani oshirish loyihasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘ hisobidan yangi qurollarni sotib oladi.
Izoh (0)