Turkiyadagi “Injirlik” aviabazasidan Germaniya harbiy qismlarining olib chiqib ketilishi boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Birinchi galda Turkiyadan Iordaniyaga samolyotlar olib o‘tiladi, shundan so‘ng “Tornado” razvedkachi-bombardimonchilari relokatsiyasi boshlanadi.
Shu paytga qadar “Injirlik”da bundesverning 260 askari turgan edi. Ular xalqaro koalitsiya missiyasi doirasida samolyotlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh (0)