Ukrainada 10—23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Sea Breeze xalqaro mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun NATO davlatlari maxsus bo‘linmalari kelishni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Jumladan, Odessa aeroportiga ikki harbiy-transport samolyoti kelib qo‘ndi.
AQShning C-130J Herkules samolyotida mutaxassislar-g‘avvoslar yetib kelgan bo‘lsa, Vengriyaning C-17A Globemaster III havo kemasida boshqa mutaxassisliklardagi o‘nlab harbiy xizmatchilar va mashqlar uchun jihozlar keltirildi.
Harbiylar va yuklarni qabul qilib olish uzoqqa cho‘zilmadi: taxminan ikki soatdan so‘ng o‘z aerodromlariga qaytdi.
Izoh (0)