BigPicture Natural World Photograhy yovvoyi tabiat fotosuratlari xalqaro tanlovining hakamlar hay’ati g‘oliblar va finalchilar nomini e’lon qildi, deb xabar beradi “Afisha Daily”.
Tanlov bosh mukofotini nemis fotografi Britta Yashinski “Musodara qilingan” nomli fotosurati bilan qo‘lga kiritdi. Fotosuratda stulga aylantirilgan fil oyoqlari tasvirlangan. Noodatiy mebel AQSh chegarasi orqali olib o‘tilmoqchi bo‘lgan vaqtda musodara qilingan.
“Suvdagi hayot” nominatsiyasida Filippo Borgining “Ona beshiktebratar” nomli ishi g‘olib bo‘ldi. Jodi Fredoning “Dengiz boyliklari” nomli surati “San’at va tabiat” yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Odam va Tabiat” nominatsiyasida Ami Vitalening qo‘lida panda bolasini tutib turgan panda kiyimidagi odam surati muvaffaqiyatga erishdi.
Izoh (0)