Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston mezbonlik qilgan CAFA Boys Tournament musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi o‘smir futbolchilar 2-o‘rin bilan kifoyalandi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

O‘zbekistonlik futbolchilar dastlabki uch tur davomida Qirg‘iziston (2:1), Turkmaniston (6:2) va Tojikiston (2:1) termalarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Musobaqa g‘olibi nomini aniqlab beradigan o‘yinda ular Afg‘onistonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 2:3.

Afg‘onistonlik futbolchilar Turkmanistondan 0:1 hisobida yengilib, so‘nggi tur oldidan ahvolini biroz og‘irlashtirgandi. Ya’ni, so‘nggi bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchilarni durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo bu borada Afg‘oniston o‘smirlari ilg‘orroq chiqib, g‘alabani ilib ketdi.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

CAFA Boys Tournament Dushanbe, Tojikiston 8-iyul, shanba

O‘zbekiston U15 — Afg‘oniston U15 2:3

Gollar: Samir Samandariy, 6 (0:1). Husayn Norchayev, 39 (1:1). Ahmad Tamim Mirzoda, 48 (1:2). Sayes Afhor Husayniy, 78 (1:3). Alibek Davronov, 83 (2:3).

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi