Nyu-York metrosida iyulda elektron kutubxona o‘z faoliyatini boshlaydi. Yo‘lovchilar kitoblar, jumladan, bestsellerlar, yangiliklar va Nyu-York haqidagi hikoyalarni bepul o‘qishi mumkin, deya xabar beradi Forbes.
Megapolis metrosining 6 bekatida Wi-Fi 2011-yilda ishga tushdi. Qolgan bekatlarni 2018-yilda tarmoqqa ulash rejalashtirilgandi, biroq Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo bu ishga aralashgach, jarayon tezlashdi va internet metroda 2016-yil oxirida to‘liq paydo bo‘ldi.Nyu-York metrosi bilan 27 yillik sheriklik sharnomasini imzolagan Transit Wireless kompaniyasi tarmoq bilan bir vaqtda The Subway Library elektron kutubxonasini ham ishga tushirdi. Kompaniya mazkur loyihaga 350 million dollar sarfladi.