AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi savdo hajmi oxirgi chorak davomida 40 foizga o‘sganidan norozilik bildirdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
“Xitoy va KXDR o‘rtasidagi savdo oxirgi chorakda qariyb 40 foizga o‘sdi. Biz bilan ishlaydigan Xitoy uchun bu juda ko‘p — ammo biz ularga bunday imkoniyatni berishimiz kerak!”, — deb yozdi siyosatchi.
O‘zining oldingi tvitida AQSh rahbari mamlakat jahon tarixidagi eng yomon savdo shartnomalarini tuzganini e’tirof etgan edi.
“Bizga yordam bermaydigan mamlakatlar bilan nega kelishuv tuzishimiz kerak?”, — qayd qildi Tramp.
Izoh (0)