Islandiyada bir guruh amerikalik turistlar qo‘zichoqni so‘ygani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda The Independent gazetasi xabar bermoqda.
Voqea iyul oyining boshida ro‘y berdi. Dalada qo‘zichoqni quvlab yurgan erkaklarni ko‘rgan mahalliy aholi vakillari politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi, so‘ng sayyohlarga murojaat qilib, ularni qo‘zichoqni o‘ldirishda aybladi. Bunga javoban erkaklar islandiyaliklarga qichqira ketdi. Shuningdek, ular dengizga tushib ketgan qo‘zichoqni qutqarmoqchi bo‘lganini bahona qilishga urindi.
Natijada asli afg‘onistonlik bo‘lib chiqqan amerikalik turistlar politsiyaga olib kelindi va u yerda ular qilgan ishlarini tan oldi. Ular jonivorning egasiga yo‘qotilgan summani to‘lab berdi. Bundan tashqari, erkaklar 120 ming island kronasi (1,2 ming AQSh dollari) miqdorida jarima to‘ladi.
Shundan so‘ng sayyohlar qo‘yib yuborildi.
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga qaraganda, sayyohlarning puli yetarli edi, bundan tashqari, ular qimmatbaho mashinada yurgan edi, shu bois ularning xatti-harakatlari barchani hayratda qoldirdi. Ayrimlar sayyohlarni mamlakatdan deportatsiya qilish taklifini bermoqda.
Izoh (0)