AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ushbu lavozimdagi vaqtining beshdan birini o‘ziga tegishli golf klublarida o‘tkazdi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
Jurnalistlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 4-iyul holatiga ko‘ra Tramp hokimiyat tepasida 165 kun bo‘ldi, shundan 49 kunini davlat rahbari o‘zining xususiy muassasalarida, 35 kunini esa yana o‘ziga tegishli golf klublarida o‘tkazdi.
Shu munosabat bilan telekanal Tramp saylovoldi kampaniyasida bergan va’dalarini eslatib o‘tdi. O‘shanda hali nomzod bo‘lgan Tramp o‘z vaqtini faqat Vashingtonda o‘tkazishini, dam olish kunlari bo‘lmasligini, golf o‘ynamasligini aytgan edi.
Izoh (0)