Apple kompaniyasi smartfonni yuzni 3D-tanish texnologiyasi yordamida tanish imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu iPhone 8 da Touch ID datchigidan voz kechish imkonini beradi, deb xabar beradi TJournal.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya ish olib borayotgan texnologiyaning ikki asosiy jihati tezlik va aniqlikdir. Smartfonni ushbu texnologiya yordamida blokdan chiqarish uchun sekundning kichik bir ulushi sarflanadi va bunda hatto uskunani stol ustidan olish shart emas.
Smartfonni blokdan chiqarishdan tashqari, bu texnologiya yordamida to‘lovlarni avtorizatsiya qilish, loginlarni kiritish va himoyalangan mobil dasturlarni ishga tushirish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)