Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 1-iyuli sanasi mo‘ynoqliklar uchun yoddan chiqmas sanaga aylandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda

Foto: “KRuz.uz”

Foto: “KRuz.uz”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 20—21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Qo‘ng‘irot — Mo‘ynoq toza ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi bilan tanishgan, 101 kilometrlik suv tarmog‘i ishga tushgach, bir sutkada 7 ming kub metr suv yetkazib berishi va 25 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashini ta’kidlangandi.

Mo‘ynoq tumani aholisining ko‘p yillardan buyon ushalmay kelayotgan orzusi Prezident tashrifidan so‘ng ruyobga chiqdi. O‘tgan oylar davomida bosh pudratchi —“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Maxsus mexanizatsiyalashgan yo‘l stansiyasi” korxonasi tomonidan 26 milliard so‘mlik ish bajarildi.

1-iyul kuni Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq magistral suv tarmog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Mo‘ynoq tumani aholisini toza ichimlik suvi yetib kelgani bilan tabrikladi.

Foto: “KRuz.uz”

Foto: “KRuz.uz”

Tadbirda ichimlik suv tarmog‘i qurilish ishlarida faol ishtirok etgan ishchi-xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?