• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Korrupsiyaga qarshi kurashishning Singapur tajribasi: “Yuqumli ochko‘zlik” davosi (I qism)

    Singapur mustaqillikka erishgan 1965-yilga kelib mamlakat og‘ir iqtisodiy ahvolda bo‘lib, qonunlarga rioya qilmaslik avj olgan edi. Qonunchilik britaniyalik kolonizatorlar tomonidan import qilingan, huquqni muhofaza qilish organlari uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurasha olmasligi ayon bo‘ldi. Aksariyat mansabdorlar esa korrupsion sxemalarda ishtirok etar edi. Aholi ma’lumoti past darajada bo‘lib, o‘z huquqini himoya qila olmasdi.

    Foto: “Fishki”

    Foto: “Fishki”

    Mamlakat yetakchilari korrupsiya va o‘zboshimchalikni jilovlash muhim ekanligi va busiz mamlakat kelajagi yo‘q ekanligini anglab yetdi. Bu qattiqqo‘lligi va ketma-ketligi bilan ajralib turuvchi choralarning butun bir tizimini qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qildi. Mansabdorlar xatti-harakatlari reglamentlashtirildi, byurokratik jarayonlar soddalashtirildi, axloq me’yorlariga rioya etish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Mazkur choralarni hayotga tatbiq etgan va bugungi kunga qadar o‘z vakolatlarini saqlab qolgan organ Korrupsiya holatlari yuzasidan surishtiruv olib borish byurosi bo‘ldi. Fuqarolar Byuroga davlat xizmatchilarining harakatlari yuzasidan shikoyatlar bilan murojaat qilar va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilardi.

    Shu bilan bir paytda korrupsion harakatlar uchun jinoiy jazo choralari keskinlashtirildi, sud tizimining mustaqilligi oshirildi, sudyalar maoshi keskin oshirildi va ularning imtiyozli maqomi ta’minlandi, pora berish yoki aksilkorrupsiyaviy surishtiruvda ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi. Ko‘plab davlat boshqarmalarida qat’iy aksiyalar (barcha bojxona xodimlarini ishdan bo‘shatishga qadar) o‘tkazildi. Bu choralar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, mansabdorlar maoshini oshirish va malakali ma’muriy kadrlar tayyorlash bilan uyg‘unlikda olib borildi.

    “ ‘Foiz’, ‘mukofot’, ‘bakshish’, ‘botqoq’ — korrupsiya mahalliy jargonda qaysi so‘zlar bilan atalmasin, u osiyocha yashash tarzining bir xususiyati hisoblanadi. Mansab qanchalik yuqori bo‘lsa, uylar ham shunchalik katta, erkaklari egallab turgan mansabga mos qimmatbaho taqinchoqlar bilan yasangan ko‘p sonli xotinlar va mashuqalar. Bunday mamlakatlarda biznes bilan shug‘ullanuvchi singapurliklar bu kabi odatlarni uyga olib kelmaslik uchun ehtiyot bo‘lishi lozim”, — deb yozadi Singapurdagi islohot tashabbuskorlaridan biri, mamlakat bosh vaziri Li Kuan Yu.

    Foto: “Argument”

    Foto: “Argument”

    Hozirgi paytda Singapur qat’iy avtoritar davlat bo‘lib, korrupsiyaning yo‘qligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot darajasi bo‘yicha dunyo reytinglarining yetakchi o‘rinlarini egallaydi. Singapur misoli siyosiy iroda, korrupsiyaga qarshi samarali qonunchilik va sotilmaydigan mustaqil agentlik bir necha yil ichida korrupsiyani juda past darajaga tushirishga qodir ekanligini ko‘rsatadi.

    Singapur tarixi haqida qisqacha

    XV—XVI asrlarda Singapur Johor saltanati tarkibiga kirgan. 1819-yilda Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakili Singapurda turli etnik guruhlar immigratsiyasiga ruxsat beruvchi savdo zonasi tuzish haqida Johor sultoni bilan kelishuv tuzdi. 1867-yilda Singapur Britaniya imperiyasi koloniyasiga aylandi.

    Ikkinchi jahon urushi davrida Singapur 1942-yildan 1945-yilning sentabriga qadar Yaponiya ixtiyoriga o‘tdi. 1959-yildan Singapur Britaniya imperiyasi tarkibidagi o‘z-o‘zini boshqaruvchi davlatga aylandi. Saylovlardan so‘ng Li Kuan Yu bosh vazir lavozimini egalladi. 1965-yilning 9-avgustida Singapur mustaqillikka erishdi.

    Boy tabiiy resurslardan mahrum Singapur 1959-yildan 1990-yilga qadar ko‘plab ichki muammolarni yengib, uchinchi dunyo mamlakatlaridan yashash darajasi yuqori, yuksak rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi: shakllanishi

    Mustaqillikka erishgan paytda Singapur qashshoq mamlakat bo‘lib, hatto ichimlik suvi va qurilish qumini ham import qilishga majbur bo‘lgan. Qo‘shni mamlakatlar unga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmasdan, aholi o‘rtasida sotsialistik g‘oyalar ommalashgan edi. Korrupsiya oddiy holat bo‘lib, jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borgandi.

    Mamlakatning birinchi hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda bir nechta muammolarga duch keldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonun zaif bo‘lib, ko‘plab korrupsiyaviy jinoyatlar uning amal qilish sohasidan tashqarida edi. Huquq-tartibot organlari xodimlari esa o‘z vazifalarini samarali bajarish imkonini beruvchi hokimiyatga ega emasdi. Bundan tashqari, qonunchilikning samarasiz ekanligi va korrupsion amaliyotga ko‘p sonli mansabdorlar jalb etilganligi bois jinoyatlar dalillarini topish juda qiyin edi. Davlat mansabdor shaxslari tijorat sohasi ishchilariga nisbatan o‘rtacha daromadga ega va mansab vakolatidan shaxsiy maqsadlarda foydalanar edi. Aholi quyi darajadagi ma’lumot va huquqiy madaniyatga ega bo‘lib, pora u yoki bu resurslarni qo‘lga kiritishning yagona yo‘liga aylangan edi.

    Britaniyaliklar tomonidan tashkil etilgan Korrupsiya holatlari yuzasidan surishtiruv olib borish byurosi xodimlari mahalliy politsiyachilardan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ruhiy jihatdan tayyor emasdi.

    “Bojxona mansabdorlari kontrabanda va taqiqlangan mahsulotlarni olib o‘tayotgan transport vositalarini tekshirishni ‘tezlashtirish’ uchun pora olar edi. Markaziy ta’minot xizmati ma’lum bir pora evaziga manfaatdor shaxslarga tenderlar haqidagi ma’lumotni yetkazar, Import-eksport departamenti mansabdorlari ruxsat berishni tezlashtirish uchun pora olar, pudratchilar kamchiliklariga ko‘z yumishi uchun klerklarga pora berar edi. Do‘kon sohiblari va turar-joy aholisi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash departamenti ishchilariga chiqindini tozalash uchun haq to‘lar, maktab direktorlari va o‘qituvchilari idora ashyolarini yetkazuvchilardan komission to‘lovlar olardi. Hokimiyatni o‘z manfaatlariga konvertatsiya qilish bobida insoniyat kashfiyotlari cheksiz”, — deydi Li Kuan Yu asarlaridan birida.

    Mamlakat og‘ir ahvolda ekanligini tushungan hukumat jamiyatda halollik va ochiqlik iqlimini yaratishga qaror qildi. “Vijdonli bo‘lish va sotilmaslik” tamoyili o‘z ishiga asos bo‘ldi. Strategiya mualliflari korrupsiya ustidan nazorat milliy taraqqiyot uchun strategik jihatdan muhim ekanligiga ishonar edi.

    03.07.2017, 15:47   Izoh (0)   26535
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nursulton Nazarboyev Rossiya va Ukraina rasmiylarini muzokaralarga chaqirdi

    03.07.2017, 15:44

    KXDR: Bizning raketalarimiz dunyoning har qanday nuqtasiga uchib bora oladi

    03.07.2017, 14:30

    AQShda yo‘lovchi samolyoti yonayotgan dvigateli bilan qo‘nishni amalga oshirdi

    03.07.2017, 14:02

    Bashar Asad birinchi bor Suriya banknotalarida paydo bo‘ldi

    03.07.2017, 13:47

    Tramp Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar yetakchilari bilan Doha atrfidagi vaziyatni muhokama qildi

    03.07.2017, 13:04

    Indoneziyada 8 kishi qutqaruv vertolyoti qoyaga urilishi qurboni bo‘ldi

    03.07.2017, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.