Jahonning sobiq birinchi raketkasi Vinus Uilyam oqibatida 78 yoshli qariya hayotdan ko‘z yumgan avtohalokat sababchisi bo‘lib qoldi, deb yozdi “Sports.ru”. Voqea 9-iyun kuni Floridada ro‘y bergan bo‘lsa, oradan ikki hafta o‘tib qariyaning joni uzildi.
Vinus chorrahaga yaqinlashib qolganida yon tomonidan chiqib kelayotgan mashinani ko‘rib qoladi va darhol tormoz beradi. Shunga qaramay, ikki qariya joy olgan mashina baribir tennischining uloviga kelib uriladi.
Uilyams tezkor tormozga sabab sifatida oldindagi tirbandlikni ko‘rsatgan, ya’ni, bunda gaz berib, voqea joyidan biroz ilgarilab ketishga imkon bo‘lmagan. Guvohlardan biri esa Vinusning tormozni keragidan ko‘p va tez bosib yuborganini ochiqlagan.
78 yoshli Jerom Barson avtohalokat natijasida boshidan jarohat olib, kasalxonaga olib ketilgan. Unga hamrohlik qilayotgan ayoli esa jarohatlangan. Oradan ikki hafta o‘tib Jerom Barsonning joni uzildi.
Amerikada chop etiladigan TMZ nashri politsiyaning voqea joyidan yozilgan hisobotidan ko‘chirma olishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda Vinus Uilyamsning qonidan hech qanday alkogol yoki narkotik moddalar topilmagani qayd etilgan. Shunday bo‘lsa-da, halokat aybdori sifatida aynan tennischi ko‘rsatilgan. Unga qanday jazo chorasi qo‘llanilishi borasida aniq axborot yo‘q.
Izoh (0)