Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi muxolif kuchlar IShID guruhi poytaxti Rakka shahrini qurshovga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Suriya inson huquqlari monitoringi markazi axborotiga ko‘ra, harbiylar shahar janubidagi oxirgi o‘tishni yopib qo‘ygan.
Rakkani ozod qilish uchun IShIDga qarshi “Suriya demokratik kuchlari” alyansi kurashmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)