The Washington Post gazetasining aniqlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning kamida beshta golf klubida soxta plakatlar osilgan bo‘lib, ularda milliarder nufuzli Time jurnali muqovasida chiqqani ko‘rsatilgan. Ammo aslida jurnalning bu soni qalbaki, deb xabar beradi Meduza.
Muqovada ko‘rsatilishicha, bu 2009-yil 1-mart sonidir. Aslida esa Time’ning bu sana uchun hech qanday soni yo‘q. Bundan tashqari, 2009-yili Tramp ushbu jurnal muqovasida mutlaqo chiqmagan.
Time vakillari ushbu muqova soxtaligini tasdiqladi va plakatni golf klublaridan olib tashlashni talab qildi.
Jurnalning o‘sha yilgi haqiqiy soni 2-mart kuni chiqqan bo‘lib, unda aktrisa Keyt Uinslet tasvirlangan.
Izoh (0)