NATO mutaxassislari Ukrainaga oxirgi kiberhujumdan himoyalanishga yordam beradi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan NATO mudofaa vazirlari uchrashuvi arafasida bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz bu yo‘nalishda Ukraina bilan faol hamkorlik qilmoqdamiz. Biz kiberxavfsizlik bo‘yicha trast fondi tashkil etdik, NATO mutaxassislari esa Ukrainaga ko‘mak bermoqda”, — dedi u.
Bundan tashqari, Stoltenberg kiberhujumlar natijasida Vashington kelishuvining 5-moddasi kuchga kirishi va shunda NATO alyansning har qanday a’zosiga uyushtirilgan hujumga nisbatan jamoaviy harbiy javob berishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
Butun Yevropada avj olayotgan hujum haqidagi ilk xabarlar Ukrainaga taalluqli edi. Keyinroq Ukraina vakillari mazkur hujumda Rossiya tomonini ayblagan edi. Keyinroq virus Litvaga va Belarusga yetib bordi.
Izoh (0)