Malika Patritsiya nomidagi Kanada yengil piyodalari Ikkinchi batalyoni Londondagi Bukingem saroyi oldida qorovullikka kirishdi. Batalyonga kapitan Megan Kuto boshchilik qiladi. U Bukingem saroyi qorovuliga rahbarlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Qorovul almashish marosimidan so‘ng kapitan Kuto yaqin atrofdagi Sent-Jeyms saroyi yaqinida postni egalladi.
Watch as Canadian Soldier Captain Megan Couto becomes the first female ever to Captain The Queen's Guard during Changing the Guard. pic.twitter.com/iSjgX98Eaz
— The Royal Family (@RoyalFamily) June 26, 2017
Malika Patritsiya nomidagi Kanada yengil piyodalari Ikkinchi batalyoni Londonga Kanada mustaqilligi 150 yilligining nishonlanishi doirasida tashrif buyurdi. Megan Kuto boshchiligidagi batalyon qirollik obyektlarini 3-iyulga qadar qo‘riqlaydi.
Izoh (0)