Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat Qatarni arab davlatlari tomonidan ilgari surilgan talablar masalasida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti uning mamlakati Qatarning Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn tomonidan diplomatik izolyatsiya to‘xtatilishi uchun bajarilishi talab qilinadigan 13 shartni bajarmaslik qarorini tushunishi va hurmat qilishini ta’kidladi.
“Biz bu talablarni xalqaro qonunchilikka zid deb hisoblaymiz. Bu Qatarning suveren haq-huquqlarini buzishdir”, — dedi Erdo‘g‘on.
Talablar orasida Qatar hududidagi Turkiya harbiy bazasini yopish ham bor. Erdo‘g‘onning fikricha, bu shart Turkiyaga nisbatan hurmatsizlikdir.
Izoh (0)